Barcha uchun qulay sharoitlar!

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi nodavlat notijorat tashkilotining rasmiy veb-saytiga xush kelibsiz. Biz turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini ilgari surish va ularning huquqlarini himoya qilish uchun yaratilgan mustaqil va inklyuziv tashkilotmiz.

Ish Plus – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus rekruting veb-poratli

Turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslarga munosib ish, amaliyotlar va malaka oshirish kurslarini topishda, inklyuziv ish beruvchilar uchun esa – nogironligi bo‘lgan malakali xodimlarni topishda yordam beramiz.

Huquq Plus – nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish loyihasi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki taqdim qilgan maqsadli xayriya yordami asosida «www.huquqplus.uz maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish» loyihasini amalga oshiryapmiz.

Media Plus – nogironligi bo‘lgan yoshlarni mediasavodxonligini oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda «Media Plus – nogironligi bo‘lgan yoshlarni mediasavodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish» loyihasini amalga oshiryapmiz

Kitob Plus - ko‘zi ojizlar uchun onlayn audio kutubxona yaratish

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi moliyaviy ko‘magi asosida AV3715 – ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun birinchi xalqaro onlayn kutubxona «Logos» bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha

Bizning faoliyatimiz shaffof va ochiq

“SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2021 yil O‘zbekiston Respublikasidagi eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatida 42-chi o‘rinni egalladi. Biz faoliyatimizni doimiy mustaqil audit tekshiruvlaridan o‘tamiz va barcha moliyaviy hisobotlarimizni jamoatchilikka e’lon qilamiz.

 

Biz haqimizda

Z

Biz haqimizda faqat biz orqali!

Tashkilotimiz 2016 yilda Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘zlari tomonidan ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan

Z

Bizning missiyamiz

Barcha nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishlari uchun to‘siqsiz va inklyuziv jamiyat yaratish

Z

Biz ikki yo‘nalishda ishlaymiz

Nogironlikning turli shakllari bo‘lgan odamlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaymiz va tashkilotlar inklyuziv bo‘lishlariga yordam beramiz

 

Xizmatlar

Mustaqil yashash ko’nikmalari bo’yicha trening

Asosiy hayotiy ko‘nikmalarni o‘rganish uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarga individual maslahat. Maqsad – erkinlik va mustaqillikni, to‘laqonli hayotni va o‘z hayotidan mamnunligini ta’minlash.

Sherik maslahati

“Sherik maslahati” konsepsiyasi faqatgina nogironligi bo‘lgan shaxslar nogironligi bor boshqa insonlarning holatini boricha tushunishlari mumkinligini nazarda tutadi.

Sharoit cheklanganlik tenglik treningi

Treningning asosiy maqsadi jamiyat o’zgarishiga hissa qo’shish va nogironligi bo’lgan odamlarning to’liq ishtiroki va tengligi kafolatlangan adolatli, teng huquqli va mos jamiyatni yaratish.

 

Yangiliklar

Sizni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz!

 

A'zolar

Xodimlar

Loyihalar

Hamkorlar va donorlar

 

Bizning hamkorlarimiz

 

Bizning donorlarimiz

Ko‘p so‘raladigan savollar

Tashilotimiz moddiy yordam koʻrsatadimi?

Biz asosan ijtimoiy yo‘nalishda faoliyati olib boramiz, ya’ni ularning jamiyatdagi faolligi oshirshga va hayoti davomida ularga kerakli va davomiy bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshiramiz va turli xil xizmatlarni koʻrsatamiz. Ehtiyojmand nogironligi bo‘lgan guruhlarga vaziyat va imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda, moddiy yordam koʻrsatamiz.

Tashkilotimiz qayerda faoliyat yuritadi?

Tashkilotimiz Nizomiga muvofiq hozircha biz faqat Toshkent shahrida faoliyat yurita olamiz. Ammo respubkilamizning boshqa viloyatlarida yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar ham aʼzo bo‘lishlari mumkin va ularga ularga kerakli bo‘lgan maslahat va ijtimoiy xizmatlarimizni olishlari mumkin. Ofisimiz: 100114, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Hiyobon ko‘chasi, Bobodehkon mahalla fuqarolar yig‘ini 43-uy manzilida joylashgan. Tel.: +998 (99) 817-24-64

Tashkilotimizga kim a'zo boʻlishi mumkin?

Ustavimizga ko‘ra, tashkilotimizga a’zolikka O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va 18 yoshga to‘lgan va Ustavimizni tan olgan chet el fuqarolari qabul qilinishi mumkin. Tashkilotimizga a’zolikka qabul qilish yakka tartibda va jamoaviy tarzda amalga oshiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ish topishda yordam berasizlarmi?

Ha, biz www.ishplus.uz ish o‘rinlarini topish uchun maxsus portal orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv ish bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirmoqdamiz. Bandlikka ko‘maklashish uchun portalning ma’lumot xizmatiga ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998 (90) 818-07-08 yoki Telegram botimizga yozishingiz ham mumkin: https://t.me /ishplus_bot

Biz bilan bog’laning 

– agar siz yoki do‘stlaringiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bo‘lsangiz

– tashkilotingizni inklyuziv qilmoqchi bo‘lsangiz

 

Bizni qo‘llab-quvvatlang

Agar siz nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv va to‘siqsiz jamiyat yaratish bo‘yicha bizning ijtimoiy loyihalarimizni amalga oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, onlayn platformalar orqali xayriya qiling yoki ko‘ngilli bo‘ling.

Xayriya qilingKo‘ngilli bo‘ling